Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70111301 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70111301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70111301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo4ib, umumiy o‘rta ta’lim maktab о qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta'limda Texnologiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
o‘rta maxsus va professional ta’limda mutaxassislik fanlari о‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
oliy ta’limda texnologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadr tayyorlovchi kafedra o’qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
qayta tayyorlash, malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida Texnologiya ta’limi metodikasiga oid fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish kabi kompleks masalalami majmuasini qamrab oladi.
