70510105 - Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (biologiya)

Ko'proq ma'lumot

70510105 - Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko‘ra, 70510105 - Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida В2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda biologiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
o‘rta maxsus va professional ta’limda biologiya fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
oliy ta’limda biologiya fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish; qayta tayyorlash, malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida biologiya fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish kabi kompleks masalalami majmuasini qamrab oladi.