Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70530510 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) - mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra 70530510 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70530510 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) - tabiiy fanlar, matematika va statistika sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilrniy- tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish, shuningdek pedagoglami qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, Bilim va malakalami baholash agentligi, ta’lim markazlari kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
