70540104 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)

Ko'proq ma'lumot

70540104 - Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (matematika) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70540104 - Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (matematika) magistratura mutaxassisligida o‘qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
70540104 - Aniq va tabiiy fanlami o‘qitish metodikasi (matematika) mutaxassisligi ta’lim sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid masalalami hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini qamrab oladi.