Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70610105 - Та’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga ko‘ra, 70610105 - Та’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligida o‘qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Oliy ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o‘rta ta’lim, hamda professional ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari sohasidagi fanlami o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI), Ta’limda axborot texnologiyalari va pedagogika sohalaridagi ilmiy-tadqiqot muassasa (ITM) va tashkilotlarida, markazlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, pedagogik va axborot texnologiyalari sohasida kompleks masalalami yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qabrab oladi.
