Подробнее
60110100 - Pedagogika bakalavriat ta'Iim yo'nalishining malaka talabi
Mazkur Malaka talablafi "Oliy ta'limning davlat ta'lim standarti. Asosiy qoidalar", "Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti. Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori", O'zbekiston Respublikasi Milliy va tarmoq malaka doiralari (ramkasi), kasbiy standartlar va kadrlar buyurtmachilari takliflariga muvofiq ishlab chiqilgan va rasmiy me'yoriy-uslubiy hujjat hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida Malaka talablarini rasmiy chop etish huquqi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan ya innovatsiyalar ta'lim vazirligiga tegishlidir.
1. Umumiy tavsifi
60110100-Pedagogika ta'lirn yo'nalishi bo'yicha bakalvrlar tayyorlash kunduzgi va sinqi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.
1.1. Qo'llanish sohasi.
1.1.1. Malaka talabining qo,'llanilishi.
Malaka talabi 601 l0l0O-Pedagogika ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlovchi barcha oliy ta'lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.1,2. Malaka tala binin g asosiy foydalanuvchilari :
Mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha malaka talablari, o'quv reja va o'quv dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o'quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas'ul hamda o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, ooquv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari) va professor-o'qituvchilari;
ta'lim yo'nalishining o'quv r:ejasi va o'quv dasturlarini o'zlashtiruvchi oliy ta'Iim muassasasining talabalari;
bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari;
oliy ta' lim muassasalarini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar;
oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;
kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
oliy ta' lim muassasalariga o'qishga kirayotgan abituriyentlar, ularning ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.