Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti haqida
Institutning Maktabgacha boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1966-yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti tarkibida «Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti» nomi bilan ochilgan. 1992-yilda pedagogika instituti Samarqand davlat universitetiga qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga Finlandiyaning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-iyuldagi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi doirasida “Pedagogika fakulteti” tashkil etilib, 2021-2023-o‘quv yillari o’z faoliyatini olib bordi. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 9-sonli qaroriga asosan “Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar” fakulteti 2024-yil 6-sentabrgacha o’z faoliyatini olib bordi.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 2024-yil 7-sentabrda institut kengashining 9-son qarori bilan tashkil etildi.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
60110500 –Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi;
60110200 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr hamda
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida magistratura mavjud:
70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) va 70110201- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali magistr mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
-Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi;
- Maktabgacha ta’lim kafedrasi;
Fakultetda asosiy shat birligida 56 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 7 nafari dotsent, 6 nafari fan doktori (PhD), 14 nafari esa fan nomzodi va katta o‘qituvchi va 29 ta assistentlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Fakultetdagi kafedralar faoliyati:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish.
– talabalarda kritiklik, kreativlik, kollaboratsiya va kommunikativlik ko’nikmalarini rivojlantirish;
– talabalarda pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratni takomillashtirish;
– talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish;
– talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun turli to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yish, ular bilan uchrashuvlar tashkil qilish.
–ilmiy seminarlarda ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama qilish, ularga taqriz va xulosalar berish;
– magistrlarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish ko’nikmalarini rivojlantirish, ularni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo’naltirish;
– Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedralar mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash;
Kafedralar qoshida tashkil etilgan “Ulug‘bek izdoshlari” “Kitob gulshani”
“Kiyimlarni loyihalash va tikish” “Jonajon tilim” “Metodika saboqlari” “Qiziqarli ona tili” “Kichik tadqiqotchi” “Husnixat” “Yosh matematik metodistlar”-“Гулҳои умед” “Yosh qalamkashlar” kabi turli to’garaklarda talabalarning fanlarga bo’lgan qiziqishlari va ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga sharoitlar yaratilgan.
Fakultetda yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun imkoniyat yaratish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, fakultetda sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida fakultetda yoshlar bilan ishlash bo`yicha Z.Niyozov, faoliyat olib bormoqda. Fakultetda “Ma’naviyat kuni” tadbirlari hamda “Marifat dars”lari yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda.