• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

60111100 - Направление истории

Подробнее

60111100-Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tavsifi

60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.

1.1. Qo‘llanish sohasi.

1.1.1. 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Malaka talabining qo‘llanilishi.

Malaka talabi 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.

1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:

- 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor - o‘qituvchilari;

- ta’lim yo‘nalishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi talabalari;

o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);

- bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;

- oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;

oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;

- kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilotlar.

1.2. 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi.

1.2.1. 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tarix fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- o‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;

umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;

- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;

- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

- davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;

60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tarix fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, tarix muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.

 1.2.3. 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:

· pedagogik;

· ilmiy-tadqiqot;

· ma’naviy-ma’rifiy;

· tashkiliy-boshqaruv.

1.2.4. 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.

60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Pedagogik faoliyatida:

- o‘quv jarayonini rejalashtirish: DTS va O‘D larining maqsadlariga muvofiq o‘quv reja ishlab chiqish, o‘quvchilarning extiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturlarini moslashtirish, darsning aniq maqsad va natijalariga ko‘ra dars rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida dars shakllari va usullarini rejalashtirish, o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;

- ta’lim samaradorligini ta’minlash: dars maqsadlariga ko‘ra o‘quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib vazifalarni belgilash, dars mavzusiga mos namoyish va tarqatma materiallardan foydalanish, darsda vaqt taqsimotini to‘g‘ri rejalashtirish, ta’lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra darsni tashkil etish va ta’lim berishdagi yondashuvlarning samaradorligini tahlil qilish, o‘quvchilarning ta’limiy maqsadlari va yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘qitish usullari va yondashuvlarni tanlash, o‘qitishning faol usullaridan foydalanish, o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullardan foydalanish, o‘quvchilarning jamoaviy va loyixaviy ishlarini tashkil etish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalaridan foydalanish, o‘quvchilarga differensial yordam berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratish, darsda motivatsiyaga erishish, sinfda samarali muloqotga erishish;

- o‘zlashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish: ta’lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini taxlil qilish, dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi, mavjud muammolarni aniqlay olishi va taxlil qilish

- tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish: tarbiyaviy ishlarning zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg‘ulot hamda  sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash, tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilarning jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini inobatga olishi, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoiadalariga muvofiq o‘quvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy sog‘lom muxitni yarata olish, o‘quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fuqarolik pozitsiyasi, mehnatga layoqati, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish

- xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash: O‘quvchilar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish, o‘quvchilarga sinf hayotida teng imkoniyatlar yaratsa, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi, o‘quvchilar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;

- o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish: muntazam malaka oshirish kursaridan o‘tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish hamda tashkil etish, o‘zaro darslarda qatnashish, darslarni tahlil qilish, ochiq darslar o‘tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish;

- hamkasblar va ta’lim oluvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik o‘rnatish: o‘quvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) ta’lim jarayoniga maktab hayotiga jalb qilish, o‘quvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) o‘quvchilarni rivojlanishi va ta’lim muhiti to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok etishga jalb etish, tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va bo‘limlari (Yoshlar ittifoqi) bilan hamkorlik qilish;

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

- tarix sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda ta’lim yo‘nalishidagi fanlar va ularni o‘qitish metodikasiga oid mavzularda tadqiqot olib borish;

- tarix fanlariga doir internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish hamda amaliyotga bevosita tadbiq etish;

- tarix ta’lim yo‘nalishlaridagi fanlarga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘rganish;

- ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;

- ma’lumotlarni jamlash, qayta tayyorlash, mavzu bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish;

- tarixga doir tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:

- o‘quvchilarda mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish metod va texnologiyalarini bilishi;

- globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ta’siri haqida tushuntirish ishlarini olib borish.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:

- pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;

- jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish;

- fikrlar har-xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish;

- bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash qobiliyatlariga ega bo‘lish.

2. 60111100-Tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

2.1. Umumiy kompetensiyalar:

- shaxsiy o‘sishga intilishni shakllantirish va ob’ektiv baholash, shuningdek, ta’lim oluvchilarning intellektual rivojlanish darajasini oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

- ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hal etishda umumkasbiy va mutaxassislik fanlarning asosiy qoidalari va metodlaridan samarali foydalana olish;.

- ona tilida o‘z fikrlarini tizimli va erkin bayon etish, ilmiy matnlar bilan ishlash, ommaviy nutq so‘zlash uchun ona tili va chet tillaridan birida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini egallaganlik;

- axborotni olish, saralash, saqlash va qayta ishlash metod, usul va vositalaridan foydalanish va mediasavodxonlik; global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash ko‘nikmalariga egalik.

- ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy bilish yutuqlariga erishish tamoyillarini anglash;

- gigiena, mehnat muhofazasi va tashqi ta’sirlardan himoya qilish qoidalari talablariga muvofiq, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qobiliyatlilik.

2.2. Kasbiy kompetensiyalar:

o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;

- ta’lim jarayoni sub’ektlarining birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati va shaxslararo o‘zaro harakatini tashkil etish usullarini egallaganlik;

- kasbiy vazifalarni hal etishda fanlararo bog‘liqlikni amalga oshirish, shuningdek, nazariya va amaliyot uyg‘unligini, uzviylik va uzluksizligini ta’minlash;

- tanqidiy fikrlash metodikasini o‘zlashtirganlik;

- tarix fani amaliyotlarida texnika xavfsizligini ta’minlash va xavfsiz o‘tkazish;

- inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabatning tarkib topganligi; uzoq vaqt davolanishga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlash (gospital pedagogika) texnologiyasiga ega bo‘lishi;

- ta’lim oluvchilarga o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchanlikka doir kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga imkon beradigan natijaviylik va mobillikka yo‘naltirilgan o‘qitishga qobiliyatlilik.

2.3. Umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar.

Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi o‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketligida kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtirish, amaliyotlarni o‘tashi hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi.

Majburiy fanlar – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar majmuasidir. 

Tanlov fanlari – ta’lim yo‘nalishi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, qo‘shimcha kvalifikatsiya olishga xizmat qiladigan, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:

malakaviy amaliyot – umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;

Kunduzgi ta’lim shaklida taxsil oluvchi talabalarning 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyoti 3-8 semestrlarda amalga oshiriladi. Bunda xaftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta’lim, 2 kunda amaliyot o‘tkaziladi.