• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Факультет педагогики и физической культуры

Pedagogika va jismoniy madaniyat fakuleteti haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi hamda shu yildan Aniq-tabiy fanlar va Jismoniy madaniyat fakulteti o‘z faoliyatini boshladi. 2023-yil Jismoniy madaniyat,sport va maktabgacha ta’lim, 2024-yilning sentyabr oyidan boshlab Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti  nomi bilan qayta tashkil etildi. 2021-2022-o‘quv yillar fakultetning birinchi  dekani Haydarov Bahtiyor Tojiyevich, 2023-o‘quv yili Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich, 2024-o‘quv yilida Raximov Matlab Farxodovich faoliyat olib borgan. 
Bugungi kunda fakultetda jami 120 nafar professor-o‘qituvchilar (jumladan, 13 nafar fan doktori,15 nafar fan nomzodi) mavjud bo‘lib, Jismoniy madaniyat va sport, Tarix, Milliy g‘oya va falsafa, Pedagogika, Psixologiyaga oid ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Fakultet bugungi kunda xorijning Qozon federal universitetining Psixologiya va pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi TDPUning “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika”, “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya”,Belarussiya davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Ko'zmi Minina nomidagi Nijegarodiskiy davlat pedagogika universiteti,Tambov davlat universiteti, Azarbayjon tillar universiteti, Hindiston texnika universitetlari bilan yaqindan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari 2023-2024-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, 3ta SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chop etgan.
Shuningdek, o‘qituvchilarimiz Ko‘zmi Minina nomidagi Nijegarodiskiy davlat pedagogika universiteti,  Kazan davlat universitetlarida stajirovka o‘tab qaytgan.

Fakultetdagi xalqaro olimpiada va stipendiatlar va jahon chempionlari haqida qisqa ma’lumot, soni, ism familiyasi.

Pedagogika va jismoniy madaniyat  fakultetida  taxsil olayotgan jaxon chempionlari haqida ma’lumot (Yuklab olish PDF)

Fakultet tuzilishi:
Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi;
Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi.
Pedagogika  kafedrasi;
Psixologiya kafedrasi;
Tarix kafedrasi;
Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar, magistrlar va doktorantlar (PhD va DsC) tayyorlaydi.
Bakalavr: 60111200-Jismoniy madaniyat, 60110100- Pedagogika,60310300-Psixologiya, 60220300- Tarix, 60111100 – Milliy  g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavr (kunduzgi) yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilindi.
Magistratura:70112201-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari,nazariyasi va metodikasi 70111101–Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) mutaxasisligi bo‘yicha magistratura
Doktorantura:130004 Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari,Sog‘lomlashtirish va adaptive jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida … to‘garaklarining faoliyati tizimli tashkil etilgan.
“Zamonaviy pedagoglar”(rahbar N.Mirzoyeva)
– “Pedagogik mahorat” (rahbar S.Xolboyeva)
– “Yosh pedagog” (rahbar M.Rahmonova)

Sport to‘garaklari jadvali (Yuklab olish PDF)

Maqsad: Mamlakatimiz rivojlanib borayotgan hozirgi davrda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, haqiqiy demokratiya, inson erkinligi va huquqlarning dunyoda tan olingan me’yorlari o‘z tasdig‘ini topmoqda. Yurtimizni ya’nada rivojlantirishning o‘ta zarur omillaridan biri sifatida hukumatimiz tomonidan Sportga e’tiborni kuchaytirish vazifasini qo‘yib kelinayotganligi bejiz emas. Binobarin, milliy urf-odatlar, an’anaviy udumlar, el-yurtiga, millatiga, ona tili va adabiyotiga, tarixiga sadoqatli bo‘lish, ularning kelgusi barhayotligi uchun kurashish, tinch osoyishta, farovon hayot tuyg‘usi bilan yashash kabilar milliy mafkura tushunchasida aks etadiki, bu tushunchalarning xalqimiz qalbida o‘ziga xos ildizi bor. Bizning vazifamiz ana shu ildizni yanada chuqurlashtirish, uni yosh avlod qalbiga ko‘chirish va uning mustahkamlanishiga sharoit yaratishdir. Zero, bu borada fidoiylik bilan xizmat qiladigan yuksak madaniyatli, oliy himmatlarga boy, vatanparvar, insonparvar, har tomonlama rivojlangan yuksak va ongli, sog‘lom kadrlarni shakllantirish hozirgi kunda davlat miqyosidagi muhim masalalardandir.