SamDPI tashabbusi bilan “Tarbiyamiz fidoyilari” ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi

  • 2026-02-18
  • 5532
SamDPI tashabbusi bilan “Tarbiyamiz fidoyilari” ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi
SamDPI tashabbusi bilan “Tarbiyamiz fidoyilari” ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Bog‘isaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “Tarbiyamiz fidoyilari” nomli ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tarbiyasida mahalla, oila va ta’lim muassasalari hamkorligining ahamiyati, milliy va ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida mahalla faollari uchun konsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post