- 2026-10-31
- 43
TA’LIM VA ILM-FAN VAZIRI ÖRINBOSARI SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATI BILAN TANIŞDI
Bugun Özbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev Samarqand davlat pedagogika institutiga taşrif buyurib, oliygohda amalga oşirilayotgan işlar, ta’lim jarayoni va mavjud infratuzilma bilan tanişdi.
Dastlab, institut hududida barpo etilayotgan 1000 örinli yangi öquv binosining quriliş işlari közdan keçirildi. Şuningdek, sport zallari, talabalar turar joylari hamda öquv maşğulotlari ötkaziladigan auditoriyalardagi şart-şaroitlar bilan tanişildi.
Taşrif davomida institutning ilmiy-tadqiqot salohiyati, laboratoriyalar faoliyati va ularning moddiy-texnik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Laboratoriyalarda yaratilgan şaroitlar, zamonaviy ilmiy uskunalardan samarali foydalaniş, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş hamda professor-öqituvçilarning ilmiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, öquv jarayonining taşkil etilişi, registrator ofisi faoliyati, ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllaş imkoniyatlari hamda yangidan barpo etilayotgan spin-off korxonalari faoliyatiga oid işlar bilan tanişildi.
Uçraşuv davomida ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va zamonaviy ta’lim infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi işlar ham közdan keçirildi. Mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalaniş hamda institutning ta’lim va ilm-fan yönalişlaridagi imkoniyatlarini yanada kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
