“Kelajak soati” — yoshlar qalbida halollik qadriyatini mustahkamlash yo‘lida

  • 2026-02-18
  • 5494
“Kelajak soati” — yoshlar qalbida halollik qadriyatini mustahkamlash yo‘lida
“Kelajak soati” — yoshlar qalbida halollik qadriyatini mustahkamlash yo‘lida

Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari uchun navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Halollik vaksinasi” mavzusida tashkil etildi. Mazkur dars yoshlar ongida halollik, poklik va mas’uliyat kabi yuksak insoniy fazilatlarni mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirni Xalq ta’limi a’lochisi, “Shuhrat” medali sohibasi, iste’dodli shoira Xosiyat Bobomurodova olib bordi. Uchrashuv davomida talabalarga halollikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda yoshlarning ma’naviy immunitetini shakllantirishdagi muhim roli haqida fikrlar bildirildi.
Shoira o‘zining ijodiy faoliyati va hayotiy tajribasiga tayangan holda halollik — shunchaki rioya qilinadigan me’yor emas, balki insonni yuksaltiradigan shaxsiy fazilat, ishonch va hurmatning mustahkam poydevori ekanini alohida ta’kidladi. U halollikni yoshlar qalbida mustahkam qaror toptirish, ularni vijdonli, mas’uliyatli va fidoyi insonlar etib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post