- 2026-02-18
- 5557
Tabiiy fanlar fakultetida “Talabalar orasida narkotik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida zararli illatlarning oldini olish, ularning huquqiy ongi va ma’naviy immunitetini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan narkotik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, ong va kelajakka ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, bunday moddalarni iste’mol qilish va tarqatish uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari tushuntirildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
