- 2026-02-18
- 5524
Biz talabalar korrupsiyaga qarshimiz!
Samarqand davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Biz talabalar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori tomonidan tashkil etilib, unda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, yoshlar ongida halollik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
