- 2026-02-18
- 5541
Samarqand davlat pedagogika instituti psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Payariq tumanidagi 95-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv doirasida “Bitiruvchi sinf o‘quvchilarining qiziqishlarini aniqlash va ularni OTMga yo‘naltirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash usullari, to‘g‘ri kasb tanlashning ahamiyati hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
