- 2026-11-20
- 9
Samarqand davlat pedagogika instituti vakillari Qozondagi xalqaro konferensiyada iştirok etişdi
Qozon şahrida «Şarq va Osiyo mamlakatlari bilan madaniy hamkorlik: bugungi holat va rivojlaniş istiqbollari» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
«Rossiya – Şarq» xalqaro milliy madaniyatlar festivali doirasida taşkil etilgan mazkur anjumanda dunyoning 40 ta mamlakatidan 200 nafardan ortiq olimlar, ta’lim, madaniyat va san’at sohasi vakillari iştirok etdi.
Xalqaro konferensiyada Samarqand davlat pedagogika instituti moliya-iqtisod işlari böyiça prorektori Jaloliddin Norqulov hamda Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti v.v.b. Asliddin Yöldaşov ham qatnaşdi.
Anjuman doirasida Jaloliddin Norqulov «Ta’lim — madaniyatlar örtasidagi köprik: pedagog kadrlar tayyorlaş va madaniy merosni asraşda Rossiya – Özbekiston hamkorligi istiqbollari» mavzusida ma’ruza qildi.
Konferensiyada madaniy merosni asrab-avaylaş, milliy qadriyatlarni xalqaro miqyosda tarğib etiş, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro anjumanda institut vakillarining iştiroki pedagogik ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlaş, tajriba almaşiş va Rossiya – Özbekiston hamkorligining istiqbolli yönalişlarini rivojlantirişga xizmat qiladi. 


