- 2026-02-21
- 5524
SamDPI professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy-metodik onlayn seminarda ishtirok etdi
Samarqand davlat pedagogika institutining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Ismoilov hamda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari — dotsentlar I.Yoqubov, S.Yuldosheva va Sh.Normo‘minovlar Qozon Federal universiteti Filologiya va madaniyatlararo muloqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish: progressiv tajriba almashinuv maydonchasi” mavzusidagi X Xalqaro ilmiy-metodik onlayn seminarda ishtirok etdilar.
Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashdi. Jumladan, dotsent S.Yuldosheva “Savol qo‘yish ko‘nikmalari va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish”, dotsent Sh.Normo‘minov esa “O‘zbek tilida dialektal shaxs fenomeni va dinamik dialektologiya” mavzularida ma’ruza qildi.


Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
