Samarqand davlat pedagogika institutida “Talabaning ijtimoiy-psixologik pasporti”ni shakllantirishga mo‘ljallangan onlayn platforma ishga tushirildi

  • 2026-02-21
  • 5558

Mazkur platforma faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida institut tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilarga platformadan foydalanish tartibi, uning qulayliklari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Platformaning asosiy vazifasi — talabalarning psixo-emotsional holati hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganishdan iborat. Tizim orqali talabalarning ijtimoiy moslashuv darajasi, kommunikativ ko‘nikmalari, kognitiv jarayonlari, stressga chidamliligi va emotsional barqarorligi diagnostika qilinadi.
Shuningdek, risk omillari erta aniqlanib, muntazam psixologik monitoring olib boriladi hamda har bir talaba uchun individual rivojlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Platformadan foydalanish uchun campus.samdpi.uz saytiga tashrif buyuring.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post