- 2026-02-21
- 5529
“Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida davra suhbati tashkil etildi
“Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yuksaltirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’lim jarayonidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan ayolning oiladagi va ijtimoiy hayotdagi roli, liderlik salohiyati hamda zamonaviy ayol timsoli yuzasidan fikrlar bildirildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
