- 2026-02-23
- 5517
Giyohvandlik — inson hayotini barbod qiluvchi illat!
Samarqand davlat pedagogika instituti pedagogika fakultetida “Giyohvandlik — inson hayotini barbod qiluvchi illat” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiyati va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda yoshlarni ushbu illatdan asrash masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi immunitet hosil qilish va hayotda to‘g‘ri tanlov qilishning ahamiyati tushuntirildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
