“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan! Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori”

  • 2026-02-25
  • 5517

SamDPI talabalari o‘rtasida yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand shahar Damariq jomiy masjidi imom noibi A. Xasanov ishtirok etib, jaholat va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi faqat ilm, tafakkur va mustahkam e’tiqod bilan kurashish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, inson qadri, huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat taraqqiyotining asosiy omili ekani qayd etildi.
Ma’rifat – jaholatga qarshi eng kuchli quroldir!

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post