- 2026-02-25
- 5727
Ayollar – ilm va jamiyat kelajagi!
Samarqand davlat pedagogika instituti xotin-qizlar tashabbusi bilan A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Ayollar – ilm va jamiyat kelajagi” mavzusida institut talaba-yoshlari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda mas’ullar va mutaxassislar tomonidan ayollarning jamiyat va ilm-fandagi beqiyos o‘rni, ona va oila muhofazachisi sifatidagi xizmatlari, shuningdek, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy-mehnat huquqlarini himoya qilish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida faol va namunali ayollar rag‘batlantirildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
