- 2026-02-25
- 5729
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida Kasaba uyushmasi tomonidan 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan “Jamoa shartnomasi”ni tanishtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida yangi jamoa shartnomasining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan mehnat munosabatlari, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, shartnoma doirasida xodimlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha imtiyozlar, sog‘lomlashtirish, moddiy rag‘batlantirish va mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
