Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ekspert kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

  • 2026-02-27
  • 5899

Yigʻilish kun tartibiga muvofiq quyidagi dissertatsiya ishlari muhokama qilindi:
Nabiyeva Dilfuza Temirovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlashni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi;
Djalolova Sevara Xolmurodovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy karyerasini loyihalashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi.
Muhokamalar jarayonida tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post