• Kirish

Xalqaro olimpiada sovrindori boʻlgan institutimiz talabalari tantanali kutib olindi

  • 2024-03-09
  • 1403
Xalqaro olimpiada sovrindori boʻlgan institutimiz talabalari tantanali kutib olindi

    Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida  "OMOUS-2024" xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etgan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti amaliy matematika va fizika fakulteti talabalari:

- Erali Boyqobilov;
- Ibrohim Abdullayev;
- Mehroj Otamurodov;
- Javohir Boltaboyevlar 

olimpiadada munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi va Samarqandga qaytib keldi.

Talabalar jamoa rahbari Ermamat Sattorov, ilmiy maslahatchi Nasriddin Rahimov hamrohligida olimpiadada ishtirok etish uchun Turkmanistonga joʻnab ketgandi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING