- 2026-02-27
- 5490
Talabalarning 4+2 amaliyoti jarayonlari o‘rganilmoqda
Samarqand davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Mehrli maktabda 4+2 tizimi asosida amaliyot o‘tayotgan 3-bosqich talabalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Amaliyot jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan samarali uyg‘unlashtirayotgani, dars mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida mazmunli va innovatsion yondashuv bilan tashkil etayotgani hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
