Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida har haftaning shanba kuni “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” doirasida seminar-treninglar muntazam tashkil etilmoqda.

  • 2026-02-28
  • 5914

Navbatdagi mashg‘ulotga Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi Maftuna Rasulova taklif etildi. U “Dizayn fikrlash jarayoni: innovatsion yechimlar sari” mavzusida seminar o‘tkazib, zamonaviy ta’limda kreativ yondashuvning ahamiyatini atroflicha yoritdi.
Seminar davomida dizayn fikrlash metodologiyasining mazmuni, innovatsion fikrlashni shakllantirish, muammolarga noodatiy yondashish hamda jamoaviy hamkorlik asosida samarali yechimlar ishlab chiqish usullari interaktiv mashg‘ulotlar orqali namoyish etildi.
Mashg‘ulot ishtirokchilarga nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham berdi. Dizayn fikrlash asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va samarali qarorlar qabul qilish imkoniyatlari keng ochib berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post