- 2026-02-28
- 5915
SamDPIda tyutorlar uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi
Unda talaba-yoshlar bilan individual ishlash, guruhlarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, talabalar turar joylari hamda ijarada yashovchi talabalar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilandi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Boburjon Abdurazoqov tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Seminar yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va talaba-yoshlar bilan manzilli ishlashda faol ishtiroki uchun bir guruh dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar 2 200 000 so‘mlik vaucher (sertifikat)lar bilan taqdirlandi.










Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
