Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

  • 2026-02-28
  • 5895
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi hamda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muhokama qilindi.
Dastlab Qarayev Abduvafo Fazliddinovichning “Refleksiv videotreninglar asosida talabalarning kasbiy oʻsishini optimallashtirish metodikasi (bakalavriat boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Qirboyeva Norgul Tuymurod qizining “Talabalarda notiqlik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi ilmiy ishi muhokama etildi.
Muhokamalar savol-javoblar, ilmiy tahlillar hamda asosli takliflar asosida olib borildi. Seminar ishtirokchilari dissertatsiya ishlariga doir zarur tavsiyalar va ilmiy xulosalarni bildirdilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post