- 2026-03-03
- 5501
“Qizlar forumi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti, A.S.Pushkin nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi, Samarqand viloyati Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston bolalar tashkiloti hamkorligida “Qizlar forumi” doirasida 8-mart – Xotin-qizlar bayrami va atoqli shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda ayolning jamiyatdagi o‘rni, xotin-qizlarning ilm-fan va ta’limdagi yutuqlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Zulfiya ijodi va uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi xususida ma’ruzalar tinglandi.
Bunday tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga va xotin-qizlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
