- 2026-03-05
- 5484
Samarqand davlat pedagogika institutida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
Uchrashuvda faxriy ustozlar, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi professori Kibriyo Hasanova, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi dotsenti Maysara Nuriddinova, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yurtimizda yoshlar tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor, ustoz-shogird an’analari, milliy qadriyatlar va boy tarixiy merosimiz haqida so‘z yuritildi. Faxriy ustozlar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga ilm olish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish hamda yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib yetishish haqida qimmatli maslahatlar berdilar.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
