- 2026-03-06
- 5518
TTJda “Atlas va ayol – go‘zallik timsoli” nomli tadbiri o‘tkazildi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan 4-son Talabalar turar joyida “Atlas va ayol – go‘zallik timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
💐 Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan milliy raqslar ijro etilib, milliy liboslar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.
🎁 Yakunda o‘qishda va jamoat ishlarida faol bo‘lgan talaba-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
