- 2024-03-16
- 5782
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at yig'ilishi Farg'onada o'tkazildi
Bugun,16-mart kuni Farg‘ona davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, vazirlik markaziy apparati masʼullari, davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, xususan O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ham ishtirok etdi.
Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugungi o‘quv seminari va vatanparvarlik targ‘ibotining yoshlar uchun ahamiyati xususida so'zlab, oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Prezidentimiz tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, xususan, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida vеrtikal tizimning asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish mexanizmi ilgari surildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati