- 2026-03-07
- 5495
Samarqand davlat pedagogika institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bayram tadbirini institut rektori Shahzoda Negmatova ochib berib, barcha ayol xodimalar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi va ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
💐 Tadbir davomida onajonlar, opa-singillar va ayollarni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangrab, go‘zal raqslar ijro etildi. Bayram munosabati bilan tadbir ishtirokchilariga gullar taqdim etilib, tantana yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
