- 2026-03-07
- 5499
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Boburjon Abdurazoqov ishtirok etib, fakultetda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar, xodimalar hamda talaba-qizlarni samimiy qutladilar.
Bayram dasturi davomida kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va hazil-mutoyibaga boy chiqishlar namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🎓 Shuningdek, tadbir doirasida tabiiy fanlar fakultetning kechki ta’lim shaklini muvaffaqiyatli tamomlagan iqtidorli bitiruvchi talabalarga diplom topshirish marosimi ham o‘tkazildi. Yosh mutaxassislarga kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
