SamDPI dotsenti viloyat hokimligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi

  • 2026-03-09
  • 5499
SamDPI dotsenti viloyat hokimligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi
SamDPI dotsenti viloyat hokimligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi

🤩 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Yo‘ldosheva Saodat Azizovna Samarqand viloyati hokimligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.
Saodat Yo‘ldoshevaga mazkur yuksak e’tirof xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi fidoiy mehnati, ko‘p yillik samarali faoliyati hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun berildi.
Faxriy yorliq viloyat hokimi Adiz Boboyev tomonidan 8-mart bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post