- 2026-03-11
- 5547
“Hayot — bebaho ne’mat” shiori ostida psixologik trening tashkil etildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institutning xo‘jalik bo‘limida faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar uchun “Hayot — bebaho ne’mat” shiori ostida psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilarga hayot qadri, ruhiy salomatlikni asrash, ijobiy fikrlashni shakllantirish hamda kundalik hayotda uchraydigan muammolarni yengishda zarur bo‘lgan psixologik ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
