• Kirish

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Navro'z sayli o'tkazildi

  • 2024-03-18
  • 1634
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Navro'z sayli o'tkazildi

     Xalqimizning azaliy qadriyatlari, urf-odatlari va milliyligini o'zida aks ettirgan Navro'zi olam institutimizda keng nishonlandi. Buning uchun alohida tayyorgarlik ko'rilib, doshqozonlarda sumalak, o'choqda osh damlandi. Talabalar uchun shou dasturlari tashkil etildi. 

     Tadbir avvalida institut rektori Shahzoda Negmatova so'zga chiqib, barchani go‘zallik va nafosat, yasharish va yangilanish, mehr va oqibat bayrami - Navro'z bilan tabrikladi. Sharqona yangi yil barcha uchun omadli va barakali kelishiga ishonch bildirdi.

     Shuning bilan institutimizdagi Navro'z bayramiga start berildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING