Tabiiy fanlar fakultetida “Gullar bayrami” o‘tkazildi

  • 2026-03-11
  • 5533
Tabiiy fanlar fakultetida “Gullar bayrami” o‘tkazildi
Tabiiy fanlar fakultetida “Gullar bayrami” o‘tkazildi

Tabiiy fanlar fakultetida bahor faslining go‘zalligi va nafosatini tarannum etuvchi “Gullar bayrami” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda talabalar guruhlar kesimida o‘zlari parvarishlab yetishtirgan turfa xil gullar bilan faol ishtirok etdilar.
Bayram doirasida eng faol ishtirokchilar maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Jumladan:
“Eng faol kafedra” nominatsiyasi Geografiya kafedrasiga,
“Eng faol guruh” nominatsiyasi Biologiya yo‘nalishining 305-guruhiga,
“Eng faol talaba” nominatsiyasi esa Biologiya yo‘nalishining 105-guruh talabasi Charos Xolnazarovaga nasib etdi.
💐 Shuningdek, tadbir davomida “Fakultetim uchun mendan bir gul” aksiyasi ham tashkil etildi. Mazkur aksiya doirasida talabalar tomonidan olib kelingan gullar fakultet hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ekish uchun ajratildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post