Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi

  • 2026-03-11
  • 5540
Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi
Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi

 Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida institut birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Jarayon davomida talabalar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Xususan, yashash xonalari, oshxona va yuvinish xonalari ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar tahlil qilindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post