Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyati bo‘yicha o‘quv seminar

  • 2026-03-12
  • 5497
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyati bo‘yicha o‘quv seminar
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyati bo‘yicha o‘quv seminar

🔆Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyati, jinoyatchilik va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining tahlili, mavjud muammolar hamda takliflarga bag‘ishlangan maxsus o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
🗄Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlaridagi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari ishtirok etdi.
➡️Tadbir davomida davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting asosida baholash yo‘nalishlari va indikatorlari hamda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha yillik deklaratsiyalarni to‘ldirish tartibi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post