- 2026-03-13
- 5498
Ayni paytda Samarqand davlat pedagogika institutida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida keng ko‘lamli umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda.
Hashar davomida institut hududini obodonlashtirish maqsadida daraxt va butalarga shakl berish, ularni oqlash, begona o‘tlardan tozalash, hududni supurish, shuningdek, yangi gul hamda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
➡️ Institut hududida hashar ishlari qizg‘in davom etmoqda.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
