- 2026-03-14
- 5511
SamDPIda π-olimpiadasi o‘tkazildi
14-mart – Xalqaro matematiklar kuni munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutining aniq va amaliy fanlar fakulteti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida π-olimpiadasi tashkil etildi.
Mazkur intellektual musobaqada fakultetning 1–2-bosqich talabalari jamoaviy tarzda faol ishtirok etib, matematika faniga oid murakkab masalalarni yechish, mantiqiy va analitik fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar aniqlanib, ular faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
