Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

  • 2026-03-14
  • 5520
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Ravshanova Gulnoza Asqar qizining “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ salohiyatini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Choriqulov Rustamjon Ibodulla o‘g‘lining “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning ilmiy-didaktik asoslari” mavzusidagi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ham muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida dissertatsiya ishlari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, ilmiy tahlillar asosida fikr-mulohazalar bildirildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim tavsiyalar va ilmiy xulosalar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post