• Kirish

"Rektor bilan bir kun" loyihasi o'tkazildi

  • 2024-03-26
  • 1336
"Rektor bilan bir kun" loyihasi o'tkazildi

     O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Rektor bilan bir kun" loyihasi bo'lib o'tdi. Unda institut rektori Shahzoda Negmatova talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalardan shaxsan xabar olish, ularga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida yotoqxonada qolib, u yerda yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

     Dastlab, talabalarning taklif va tashabbuslari, mavjud muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Ayrim masalalar yuzasidan oʻsha yerning oʻzida prorektorlar batafsil ma’lumot berib, yechim taklif qildi. 

     So'ngra institut rektori yoshlarning o'qishi, kelgusi maqsadlari bilan qiziqdi. Ilm olishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan ayrim jihatlarga to'xtaldi, o'zining tavsiya va maslahatlarini berdi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING