- 2026-03-17
- 5717
Talabalar ijtimoiy faollik indeksini hisoblash tizimi ishga tushirildi
HEMIS tizimiga grant taqsimoti jarayonida talabalarning tegishli ballarni jamg‘arishlari uchun “Ijtimoiy faollik” modulini hisoblash funksiyasi qo‘shildi.
Ushbu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Talaba profilida:
➖ Ariza yaratish: Ijtimoiy faollik bo‘yicha ball olish uchun talaba tomonidan maxsus ariza shakllantiriladi.
➖ Asoslarni yuklash: Baholash mezonlariga mos ravishda bajarilgan ishlarning tasdiqlovchi hujjatlari (asoslari) tizimga yuklanadi.
➖ Yuborish: Barcha ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, ariza ko‘rib chiqish uchun mas’ullarga yuboriladi.
2️⃣ Tyutor profilida:
➖ Ko‘rib chiqish: Talabalar yuborgan arizalar o‘rganiladi, zaruratga qarab ballar kiritiladi yoki tahrirlanadi.
➖ Tasdiqlash: Ijtimoiy faollik mezonlariga muvofiq, yuklangan asoslar tekshirilib, ballar tasdiqlanadi.
➖ Yakunlash: Barcha mezonlar bo‘yicha ballar tasdiqlab chiqilgach, umumiy ariza to‘liq tasdiqlanadi.
Muhim eslatma!
🔹 Limit: Talaba bir o‘quv yilida faqat bir marta ariza yaratish imkoniyatiga ega.
🔹 Rad etish: Arizaga noto‘g‘ri yoki asossiz ma’lumotlar kiritilganda, tyutor uni rad etishi mumkin.
🔹 Tahrirlash: Talaba rad etilgan arizadagi xatolarni tuzatib, uni qayta yuborishi mumkin.
