Qadriyat, an’ana va yoshlik tarovati: TTJda Navro‘z shukuhi

  • 2026-03-18
  • 5888
Qadriyat, an’ana va yoshlik tarovati: TTJda Navro‘z shukuhi
Qadriyat, an’ana va yoshlik tarovati: TTJda Navro‘z shukuhi

Yasharish va yangilanish fasli — Navro‘z munosabati bilan pedagogika kafedrasi jamoasi hamda 4-sonli TTJ talabalari ishtirokida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ajdodlarimizdan meros qolgan milliy an’analarimizning hayotimizdagi o‘rni, bayramning insonparvarlik va birdamlik tamoyillari chuqur tahlil etildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan milliy qadriyatlarni asrab-avaylash — kelajak avlod ma’naviy kamoloti uchun muhim poydevor ekanligi alohida ta’kidlandi. Kuy-qo‘shiqlar va milliy urf-odatlar bilan bezatilgan kecha barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post