SamDPIda navbatdagi “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi seminar-trening o‘tkazildi

  • 2026-03-18
  • 5724
SamDPIda navbatdagi “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi seminar-trening o‘tkazildi
SamDPIda navbatdagi “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi seminar-trening o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida dastur doirasida yoshlarni bandlik va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️ Seminarda bank sohasi mutaxassislari tomonidan bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozli kreditlar hamda amaliy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
➡️ Shuningdek, dasturdan samarali foydalangan bitiruvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, uning yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotganini alohida ta’kidladilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post