• Kirish

Professor-o'qituvchilar, magistrantlar va talabalarning II ilmiy konferensiyasi va "Intellektual haftalik"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

  • 2024-03-26
  • 1671
Professor-o'qituvchilar, magistrantlar va talabalarning II ilmiy konferensiyasi va "Intellektual haftalik"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Professor-o'qituvchilar, magistrantlar va talabalarning II ilmiy konferensiyasi va "Intellektual haftalik"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

     O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 2023-yilgi tadqiqot ishlarining yakunlariga bag'ishlangan II an'anaviy ilmiy anjumanning ochilish marosimi o'tkazildi. 

     Tadbirni institut rektori Shahzoda Negmatova kirish so'zi bilan boshlab berdi.

     Institutimiz yosh bo‘lishiga qaramay qariyb ikki yil davomida ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda ko‘plab yutuqlarga erishayotgani qayd etildi.

     Jumladan, 2023-yilda ilmiy salohiyat 22 foizdan 27 foizga ko‘tarildi, 2 nafar fan doktori (DSc) va 24 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlandi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta darslik, 19 ta monografiya va 45 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanma chop etildi hamda 28 ta mualliflik guvohnomalari olindi. 

     Institut professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari tomonidan xorijiy jurnallarda 300 dan ortiq maqola, xususan, yuqori reytinglarga kiruvchi jurnallar(Scopus)da 28 ta va respublika jurnallarida 200 dan ortiq maqolalar nashr qilingani e'tirof etildi.

     Ushbu konferensiyadan ko'zlangan asosiy maqsad 2023-yilda ilmiy tadqiqot sohasida erishilgan yutuqlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish, ustoz-shogird tizimini yanada mustahkamlash, ilmiy salohiyatli o‘qituvchilarimiz tomonidan yosh tadqiqotchilarga o‘z ilmiy va amaliy yordamlarini berish hamda institutda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishdan iborat.

     Konferensiya quyidagi yoʻnalishlarda oʻz ishini davom ettiradi:

• Amaliy matematika va fizika;
• Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar;
• San’atshunoslik;
• Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim;
• Filologiya;
• Tabiiy fanlar;
• Psixologiya.
• Pedagogika

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post