- 2026-03-23
- 5503
O‘zbekiston xalq shoiri, “O‘zbekiston Qahramoni” Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi keng nishonlandi
Samarqand shahar Serjantlar tayyorlash oliy maktabida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Laylo Usarova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, Abdulla Oripovning hayoti va ijodiy faoliyati, boy adabiy merosi hamda uning yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashdagi muhim o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
